"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyati EMMX boshlig‘ini nafaqaga kuzatish va yangi boshliq tayinlash tadbiri o‘tkazildi

2026-yilning 28-yanvar kuni “EMMM” DUK boshlig‘i R.P.Mansurov Buxoro viloyati EMMXga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, xizmat boshlig‘i lavozimida 2009-yildan beri ishlab kelgan V.Sh.Qo‘shayevning nafaqaga kuzatilishi munosabati bilan tantanali kuzatuv tadbiri tashkil etildi.

V.Sh.Qo‘shayevning xizmatdagi uzoq yillik mehnati, tashkilotning rivojiga qo‘shgan hissasi va uning rahbarlik davrida amalga oshirilgan ishlari, hamda korxonaning yuksalishi uchun xizmatlari aytib o‘tildi. 

Shuningdek, tadbirda yangi rahbar tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu korxonada 2011-yildan beri muhandis lavozimida ishlab kelgan mutaxassis N.R.Djurayev xizmat boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

N.R.Djurayev xizmatning yangi boshlig‘i sifatida, EMMXning texnik imkoniyatlarini yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va radiomonitoring jarayonlarini samarali boshqarishga katta e’tibor qaratishini bildirdi. 

Buxoro viloyati EMMXning yanada muvaffaqiyatli rivojlanishiga va yangi rahbarning samarali boshqaruvi orqali yuqori natijalarga erishilishiga omad tilaymiz.

photo2026-02-0616-58-17.jpg

photo2026-02-0616-58-21.jpg

photo2026-02-0616-58-26.jpg

Faylni tanlang