O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil davomida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalari buzilganligi yuzasidan aniqlangan holatlar boʻyicha daliliy ashyolarni qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yish va olingan daliliy ashyolarni tegishli vakolatli idoralarga to‘plangan hujjatlar bilan birga yuborish belgilangan.


Joriy yilning yanvar oyida Bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida vaqtincha olib qo‘yilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi. Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga berilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari Bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasiga yuborildi.
Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov