EMMM yangiliklari

“Korrupsiyaga qarshi immunitet: Shaffoflik va hisobdorlik formulasi”

2026-yilning 12-iyun sanasida Jizzax viloyati EMMX binosida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi Bosh maslahatchisi I.Ablakulova hamda Adliya boshqarmasi shu’ba boshlig‘i Sh.Jangiboyevlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi immunitet: Shaffoflik va hisobdorlik formulasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

photo2026-06-1216-32-09.jpg

Davra suhbatida, Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda har qanday davlatning barqaror iqtisodiy o‘sishi, ijtimoiy adolati va xalqning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi bitta fundamental omilga bog‘liq — bu korrupsiyaning yo‘qligidir. Korrupsiya shunchaki jinoyat emas, u jamiyat organizmini ich-ichidan kemiruvchi, taraqqiyot tomirlarini qurituvchi xavfli virusdir. Ushbu virusga qarshi eng samarali vaksina esa — jamiyatda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish muhim masala ekanligi alohida ta’kidlandi.

Ushbu immunitetning asosi: Shaffoflik + Hisobdorlik = Ishonch deb ataluvchi oddiy va qat’iy formulaga tayanishi, biroq bu formula hayotda o‘z-o‘zidan ishlab ketmasligi, uni harakatga keltirish uchun davlat va jamiyat yaxlit bir zanjir tizimini yaratishi shartligi aytib o‘tildi.

photo2026-06-1216-32-17.jpg

Suhbat davomida, Korrupsiyani faqat jazolash yoki quruq shiorlar bilan yengib bo‘lmasligi,  dunyo tajribasiga ko‘ra, faqat qo‘rquvga asoslangan tizim uzoq muddatli samara bermasligi ta’kidlandi. Haqiqiy va mustahkam immunitetni shakllantirish uchun ma’naviy tarbiya, iqtisodiy kafolat va qonun ustuvorligi yagona zanjir kabi bog‘lanishi kerakligi aytib o‘tildi.

photo2026-06-1216-32-26.jpg

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Korrupsiyaga qarshi immunitet” — bu shunchaki balandparvoz shior emas, bu millatning yashab qolishi va yuksalishi shartidir. Biz izlayotgan formulada Ta’lim to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi, Munosib maosh egri yo‘lga kirish ehtiyojini yo‘qotadi, Muqarrar jazo esa chegaradan chiqmoqchi bo‘lganlarni to‘xtatib qoladi.

Davra suhbati so‘ngida, Korrupsiyaga qarshi immunitet: Shaffoflik va hisobdorlik masalalarida vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

 

Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi     B.B.Raximov

Faylni tanlang