"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyatdagi har bir inson burchidir

Korrupsiya — mansab yoki xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish bo‘lib, u pora olish va berish, mansabni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, manfaatlar to‘qnashuvi hamda davlat mulkini noqonuniy o‘zlashtirish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu illat jamiyatning barcha sohalariga chuqur singib, davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazadi.

Korrupsiya bugungi kunda butun dunyo mamlakatlari duch kelayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. U nafaqat iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘ladi, balki ijtimoiy adolat va fuqarolar ishonchini yemiradi. Korrupsiya deganda davlat vakolatiga ega shaxslarning o‘z mansabidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishi tushuniladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda ochiqlik, shaffoflik, ta’lim, fuqarolik nazorati va mustaqil ommaviy axborot vositalari muhim rol o‘ynaydi. Har bir fuqaroning halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi — sog‘lom jamiyatning poydevoridir.

Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurash faqat tashkiliy va huquqiy choralar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Jamiyatda halollik, adolat, vijdon va mas’uliyat kabi ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash muhimdir.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf soluvchi muammo bo‘lib, unga qarshi kurash umumxalq vazifasidir. Jamiyatning har bir a’zosi halollik, adolat va shaffoflik prinsiplariga amal qilishi lozim. Har bir fuqaro o‘z huquqlarini va majburiyatlarini anglab, korrupsiyaga qarshi qat’iy turishi kerak.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

photo2026-02-0611-22-02.jpg

Faylni tanlang