O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektoridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi rejasini bajarish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Beshariq tuman Ichki Ishlar Boshqarmalari va Farg‘ona viloyati Elektromagnit Moslashuv Xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani, Yangi Qurgon MFY yashovchi fuqaro M.D. noqonuniy ravishda qolbola yasalgan radiouzatgich orqali, chaqiruv signali “CHAQMOQ” deb boshqa bo‘lgan viloyat va qo‘shni Qirg‘iziston hamda Tojikiston Respublikalari radiobezorlari bilan suhbat olib borilayotganda aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan radiobezori uzatgichi vaqtincha Farg‘ona viloyati Beshariq tumani IIB XPB hodimlari tomonidan musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqaro M. D. hujjatlari to‘plami Ichki Ishlar profilaktika inspektorlari tomonidan sudga yuborildi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.
Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX tarmoq muhandisi D. B. Alimdjanov