"EMMM" DUK yangiliklari

Radioxalaqitlarning oldi olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 5-fevral kuni Xorazm viloyati EMMX mutaxassislari hamda Xorazm viloyati Gurlan tumani IIB inspektori bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Gurlan tumani, Vazir qishlog‘i, Qangli mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan Vazir qishlog‘i, Mevazor mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasida joylashgan o‘ziga tegishli noturar joy obyektining yertoʻlasida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasidan noqonuy foydalanilayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yilgan va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyati EMMXga taqdim etilgan.

photo2026-02-1017-53-54.jpg

photo2026-02-1017-53-59.jpg

O‘tkazilgan texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, retranslyator qurilmasining texnik parametrlari Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-son qaroriga mos kelmasli aniqlandi va undan foydalanish taqiqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu holat bo’yicha fuqaroga o‘rnatilgan tartibda ma’muriy chora ko‘rish bo‘yicha daliliy ashyolar va to‘plangan hujjatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy shubasiga taqdim etildi.

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang