EMMM yangiliklari

Shahrisabz va Mirakidagi unutilmas sayohat

Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlar  uchun tashkil etilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hordiq safari Qashqadaryo viloyatining qadimiy va betakror maskanlari — Shahrisabz shahri hamda Miraki dam olish hududida bo‘lib o‘tdi. Ushbu sayohat xodimlarning mazmunli dam olishi, tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishishi va jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

 photo2026-05-1311-55-44.jpg

Sayohat dastlab Miraki dam olish maskanida bo‘lib o‘tdi. Tog‘ bag‘ridagi ushbu so‘lim maskan o‘zining musaffo havosi, go‘zal tabiati va betakror manzaralari bilan xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ishtirokchilar tabiat qo‘ynida sayr qilib, tog‘ havosidan bahramand bo‘lishdi hamda maroqli hordiq chiqarishdi.

photo2026-05-1311-55-58.jpg

 Shundan so‘ng sayohat buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan qadimiy Shahrisabz shahrida boshlandi. Xodimlar shahardagi tarixiy obidalar, xususan, Oqsaroy majmuasi, Dorut Tilovat va Dorus Saodat majmualari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tarixiy maskanlar xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va buyuk ajdodlarimizning ulkan bunyodkorlik salohiyatidan dalolat beradi.

photo2026-05-1311-56-05.jpg

Tarixiy obidalarni tomosha qilish davomida ishtirokchilar ajdodlarimiz yaratgan bebaho me’moriy yodgorliklar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, Amir Temur davriga oid tarixiy ma’lumotlar va ulug‘ ajdodimizning davlat boshqaruvidagi dono siyosati barchada katta taassurot qoldirdi.

Safar davomida jamoaviy tadbirlar va samimiy suhbatlar tashkil etildi. Bu esa xodimlar o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Milliy taomlar tortilgan dasturxon atrofidagi quvnoq lahzalar sayohatning yanada mazmunli o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur sayohat barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, ularga yangi kuch-g‘ayrat va ijobiy kayfiyat bag‘ishladi. Bunday tadbirlar jamoa birdamligini oshirish, xodimlarning ma’naviy hordiq chiqarishi hamda tarixiy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang